Tikuvchilikning sanoatdagi o’rni. Hozirgi paytda, ayniqsa, Respublikamiz bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha tikuvchilik sanoati korxonalarining oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri — aholini sifatli hamda bejirim kiyim-kechaklar bilan, ularning moddiy va madaniy yashash darajasini oshirishni ta'minlashdan iborat. Tikuvchilik sanoati aholini sifatli kiyim-kechaklar bilan ta'minlashi uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sanoat korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, materiallarning assortimentlarini kengaytirish lozim.Keyingi vaqtlarda tikuvchilik sanoatining xomashyo bazasi gurkirab rivojlanmoqda. Chunki, asosiy xomashyoni yetkazib beruvchi to'qimachilik sanoatining tarmoqlari kengaymoqda. Respublikamizda bir qancha qo'shma korxonalarning ochilishi buning isbotidir. Masalan, Andijondagi "ASSAM-tekstil", "Shaxri ipak" qo'shma korxonasi, Farg'onadagi "Salomat" O'zbek-Ruminiya qo'shma korxonasi, Namangan viloyatidagi "Namangan-Yurteks" O'zbek-Rossiya qo'shma korxonasi, Qarshidagi "Qarshiteks" O'zbek-Turkiya qo'shma korxonasi, Qobul-To'ytepa tekstil, hamda Italiya bilan hamkorlikdagi "Spining silk" qo'shma korxonalar shular jumlasidandir. To'qimachilik sanoat korxonalari tikuvchilik korxonalariga turli xil ko'rinishdagi kiyim-kechaklar tikish uchun har xil gazlamalar, tikuvchilikda ishlatiladigan g'altak iplarni yetkazib beradi. Natijada, tikuvchilik sanoati aholi va xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun mavsumiy, zamonaviy modaga mansub bo'lgan, iqtisodiy talablarni qondiruvchi kiyim-kechaklar ishlab chiqaradi. Bu sanoat xodimlari tikuvchilik materiallaridan samarali foydalanish, yuqori sifatli bejirim buyumlar ishlab chiqarish uchun materiallarning olinishi, xossalari, fizik-mexanik ko'rsatkichlari va assortimentlarini yaxshi bilishlari kerak. Chunki, tikuvchilik materiallarining xossalari, ularning qaHaay tolalar, iplardan tashkil topganligi, o'rilishi, pardozi va boshqa ko’rsatkichlariga bog'liq.Ushbu diplom ishi "Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi" yo'nalishidagi yengil sanoat o'quvchilari, shu sanoat korxonalanning mutaxassislari uchun mo'ljallangan bo'lib unda tabny va kimyoviy tolalarning olinishi, tuzilishi, iplarniiig olinishi tuzihshi hamda assortimentlari, gazlama, trikotaj, noto’qima matolarnmg tuzilishi haqida ma'lumotlar berilgan. 1.1 Libos haqida tushuncha Kiyim odam gavdasining bir qismini yoki hammasini yopib turadi.Kiyim assortimenti xalq talabini qondirish uchun tikuvchilik sanoatida nimaga mo'ljallanganiga qarab chiqariladi.Tikuvchilik sanoatida qabul qilingan klassifikatsiyaga ko’ra zamonaviy kiyimlar ikki turga: maishiy va ishlab chiqarish kiyimlariga bo’linadi. Maishiy kiyim: ust kiyimlar, kostyum-ko'ylaklar, ich kiyimlar, ko'rpa-yostiq buyumlari, bosh kiyim va korsetlar kabi guruhlarga bo'linadi. Kiyimlar nimaga mo'ljallanganiga qarab, quyidagi guruhlarga bo'linadi: - ust kiyim -- palto, kalta palto, qishki palto, plash, kurtka va h.k. - kostyum-ko'ylaklar — ko'ylak, bluzka, yubka, jaket,pidjak, shim va h.k. - ich kiyimlar -- pijama, tungi ko'ylak, cho'milishkiyimlari va h.k. Jinsi va yoshiga qarab kiyimlar kichik guruhlarga bo'linadi — ayollar, erkaklar, qiz bolalar, o'g'il bolalar kiyimlari. Bolalar kiyimi o'z navbatida yuqori sinf o'quvchilari, maktab yoshidagi bolalar va maktab yoshigacha bo'lgan bolalar kiyimlariga bo'linadi. Maishiy kiyimlar quyidagilarga bo’linadi; - yilning qaysifaslida kiyilishiga qarab — bahorgi-kuzgi, qishki, yozgi kiyimlar; - qayerda kiyilishiga qarab — kundalik kiyim, sport kiyimi, uy kiyimi, tantanali marosimlar kiyimlari. Ayollar ust kiyimi sun'iy, jun yoki sintetik tolali gazla-madan tikilgan bo'ladi.Ayollar ust kiyimi modeli gavdaga qay darajada yopishishiga, siluetiga, yeng bichimiga, yoqasiga qarab turlicha bo'ladi. Ishlab chiqarish kiyimlari - xalq xo'jaligining turli sohalarida kiyishga mo'ljallanadi. Ishlab chiqarish kiyimlari klassiga maxsus va rasmiy (forma) kiyimlar kiradi. Maxsus kiyim ishlab chiqarishdagi zararli muhitdan odamni muhofaza qiladi. Maxsus kiyimlarga asosan: kombinezonlar, kurtkalar, shimlar, plashlar va h.k. kiradi. Forma qaysi soha yoki qaysi ishlab chiqarish ishchisi ekanini bildiradigan kiyimdir. Kiyimlar qayerda kiyilishiga qarab kundalik va tanta-nalarda kiyiladiganlarga ajratiladi. Kundalik kiyim — kunda kiyiladigan kiyim. Tantana kiyimi — turli bayramlarda kiyiladigan kiyim. Ayollar ust kiyimi xilini oshirishga universallash yo'li bilan erishiladi, «Universallash» so'zi «turli yo'llar bilan ishlatilishi mumkinligini» bildiradi. Ya'ni universal kiyim - har xil vaqtlarda kiyilishi mumkin. Bu kiyimning formasi, materiali va bezagi qo'shimcha bezatuvchi narsalar (munchoq, zanjir va h.k.) taqib, olib qo'yiladigan yoqalar, manjetlar va hokazolar uning qayerga kiyilishiga qarab o'zgartirilishi mumkin. AyoIIar kiyimlari yoshga qarab uch guruhda ishlab chiqariladi — kichik, o'rta, katta va to'rtta to'lalikda bo'ladi. Evropaliklar bilan kiyim almashishda uning o'lcham standartlaridan foydalaniladi. Ayollar kiyimlarining tovar yorliq'ida: odam bo'yi, ko'krak aylanasi va bo'ksa aylanasi qisqartirilmagan holda belgilab qo’yiladi.CX-lV mlodaning tili ba'zan, albatta, tarjima qilinishni talab etadi. Bu moda bir paytlari sevgan yoki yaqindagina hayotga kiritib, mashhur qilgan narsa va hodisalargada bir xilda kerak bo'ladi. Eskilari ko'pincha unutilgan, yangilari esa hali ko'pchilikka tushunarsiz bo'lgani uchun uning atamalari hamisha izohga, tushuntirishlarga muhtoj bo'ladi.Moda tilining lug'ati keng, hamisha jonli o'zgarishdadir. Ammo uning tarkibida o'zak va tub ma'noli atamalar, keng tarqalgan nomlar, tushunchalar ham ko'p. Zamonaviy kiyim dizayni, uni modellash sohasida ijod qilayotgan, ish yuritayotgan har bir inson «kiyim», «kostum», «moda», «uslub» va boshqa so'zlarga ko'p marotaba to'qnash keladi. Bu ko'p ma'noli so'zlarning asosiy mazmuni ustida to'xtalib o'taylik. Moda (frans. — me'yor, usul ma'nosida) — bu inson faoliyatining ixtiyoriy sohasida: san'at, kiyinish, xulq-atvor hamda boshqa sohalardagi ma'lum shakllarning tinmay o'zgarishidir. Kostum — vazifasiga, mo'ljaliga binoan ma'lum darajada yig'ilgan kiyimlardir. Uslub — qandaydir vaqt oralig'ida umumiy vosita va usullar bilan badiiy ifodalanishga aytiladi. Kolleksiya (lot. — yig'ilish, yig'ma, terma) — uslubi, konstruksiyasi, shakli, materiallarning o'xshashligi asosida yig'ilgan yoki ma lum bir badiiy obrazni ifoda etishga xizmat qiladigan kiyim modellari termasi. Ansambl (frans. — to'liq, tekis, uyg'un) — turli qismlardan yoki bo’laklardan, kishilardan yig'ilgan bir butun ma'nosini bildiradi. Kiyimda esa ansambl o'rniga ba'zan kostum so'zi ishlatiladi. Ansambl so'zi libosning nima maqsadda va qayerda kiyilishiga qarab ko'proq farqlangani uchun termin ham qo'shimcha ma'noli so'z qo'shib ishlatiladi. Masalan, bayram yoki tantana ansambli shu vaziyatga mos keluvchi badiiy obraz yaratishga xizmat qiladigan kiyimlar va buyumlar termasini: poyabzal, taqinchoq va boshqa to'ldiruvchilarni o'z ichiga oladi. Bu holatda tantana darajasini nozik ilg'ash va ansambl hashamini unga moslash talab etiladi. Masalan, teatrga borish bilan Yangi yil bayrami yoki bironta yubileyga qatnashish boshqa-boshqa narsa. Agar birinchi vaziyatga marjon, gul yoki sharf taqib olish singari bir-ikki narsa oddiy kiyimni tantanali qilsa, ikkinchi vaziyatda esa, butun libos dastasining -poyabzal, paypoq, ko'ylak matosi, to'g'nag'ich, soat -- barining ko'tarinki nazokatliligi va bir-biriga uyg'unligi taqozo etiladi. Bundan tashqari, yoshi ulug' xonim uchun tanlangan dasta (ansambl) bilan yosh qizning tantanavor libosi butunlay farq qiluvchi tushunchalardir. Yoshlar uchun ansambl bir-biridan keskin farq qiluvchi bo'laklarning uyg'unlashtirilgan termasidan iborat bo'lishi mumkinki, yoshi ulug' xonimlarning kiyimlarida bu holatning uyg'unligi tan olinmaydi yoki avangard kiyim toifasiga o'tib, undagina tan olinishi mumkin. «Haute Couture» (frans. «ot-kutyur» — yuqori darajadagi tikish yoki yuqori san'at darajasidagi tikish ma'nosida) — hozirgi vaqtda «yuqori moda» ma'nosida ishlatilib, eng yuqori sinf darajasidagi kiyimlarni yaratish tushuniladi. Bunday sinfga yoki turkumga kiruvchi kiyimlar yagona nusxada bajariladi, bular asosan qo'lda tikiladi. Nafaqat kiyim tikilish jarayoni, balki mato yoki material, bezak turlari ham qo'lda bajariladl va yagona, takrorlanmas bo'ladi. «Pret-a-porter» (frans. «pret-a-porte» — tayyor ko'ylak industriyasi, tayyor ko'ylak ishlab chiqarish sanoati ma'nosida) — kiyim korxona va fabrikalarda tayyorlana boshlanishi natijasida XX asrda paydo bo'lgan tayyor kiyimlar ishlab chiqaruvchi sanoatga tegishli bo'lgan kiyimlar sinfi. Bu turkumga mansub kiyimlar nusxalari soni, sifati va narxlari doirasida yana bir necha sinflarga bo'linadi. 1.1. Ayollar zamonaviy ko’libos modasidagi uslublar Yuqorida aytganimizdek, uslub -- qandaydir vaqt oralig'idagi badiiy ifodalanishda umumiy vosita va usullardan foydalanishdir. Zamonaviy kiyim modasida, libos dizaynida ham o'ziga xos yo'nalish, oqim va uslublar mavjud. Klassik uslub (mumtoz uslub, mumtoz kostum, mumtoz moda) — shunday kiyimlar borki, inson didi, talablari, qiziqishlari, odatlarining o'zgarishiga qaramay, ular ma'lum ma'noda o'zgarishsiz qolaveradi. Mumtoz modaga taalluqli va hatto ba'zan mumtoz moda deb ataluvchi ingliz kostumi ana shunday kiyimlardandir. Umumjamoatchilik uni hamisha ajoyib, zo'r, o'rnak bo'ladigan deb hisoblayveradi. Fransuz modelyeri Gabriel Shanel taklif etgan ayollar kostumi va «kichkina qora ko'ylak» ham shunday kiyim qatoriga kiradi. Mumtoz kiyim pishiqlik, estetik tarafdan to'kis, o'ktam va mukammal bo'lgani uchun kiyim modasida uzoq yashaydi. Ingliz kostumi — umumlashgan bir tushuncha sifatida rang va shakli jihatidan ishchanlik va jiddiylik timsolini anglatuvchi kiyim turidir. U fransuzlarning versal modasidagi erkaklarning o'ta hashamdor va noqulay kiyimiga qarama-qarshi o'laroq XVIII asrda paydo bo'lgan. Fransuzlar u paytda shoyi kaftan va kyulot deb ataluvchi kalta sharvar kiyishgan. Inglizlar esa yuqorida aytilgandek, kundalik kiyim sifatida ot minib yuruvchilarning kiyimidan olingan chidamli va qulay kiyim taklif etdilar. Bu kiyim ustidan redingot (uzun syurtuk) kiyiladigan movut frak (orqasida uzun etagi bo'lgan jilet), tor shim (pantalon) va tepasiga qaytarma qo'sh qo'nj tikilgan etikdan iborat edi. Erkaklarning bu yangicha libosi ayollar kiyinishiga ham ta'sir etdi: Ayollar XIX asrning 80-yillaridayoq o'zlari ingliz kostumi deb atagan mazkur kostumni kiya boshladilar. Uning tarkibiga to'g'ri bichimli yubka (burmali yoki burmasiz), astarli jaket kirardi. Jaketning bo'ynida tik yoqasi, ko'krak qismida esa qaytarma yoqasi bo'lgan. Erkak va ayollarning bu kiyimiga ishlatilgan mato -to'kis, sezilar-sezilmas yo'li yoki kataklari bo'lgan, rangi sipo — movut, keyinchalik kostumbop mato yoki kostumbop movut deb nom oldi. Bu libosni, odatda, maxsus tikuvchilar tikishardi. Tez orada u ommaviylashib ketganligi uchun tayyor kiyim tikuvchi ustaxonalar paydo bo'ldi. Romantik uslub — o'tgan asrlar bezaklarining barcha turini (xili-ni) o'z ichiga olgan: to'rlar, nozik kashtalar, gullar, burmalar, pirpiraklar, qo'sh etaklar, bantlar. Bu uslubdagi kiyimlar uchun murak-kab bichim; chiroyli, kiyim hashamdorligini oshiruvchi, ammo amaliylik jihati oz bo'lgan detallar; nafis yoki murakkab ranglar; matolarning g'ayrioddiy fakturalari xosdir. An'anaga ko'ra oqshom li-boslari romantik uslubda tikiladi. Yasan-tusan, tantanavor libos — bayramona, ko'tarinki ruhdagi kiyim. Ba'zan bayramona ruhli libosga qo'shimcha shaklda bezak qilingan kashtalik yoqa, sharf, gul, marjon taqish bilan ham erishiladi. Bu usul jiddiy ish kiyimini ham tantanavor yasan-tusan libosga aylantirish imkonini beradi. Maxsus bayramona libosda barcha mayda-chuyda, ikir-chikir detallar g'oyat e'tibor bilan tanlanadi. Bichimida kutilmagan uslub qo'llanishi va bunda odatlarga atay aks yechimlar topilishi mumkin, ya'ni dekolte (yoqa o'mizining chuqur o'yilishi), etakdagi yo’rmalarning o'ta ochiq yoki modaga qarab, o'ta yopiq va hokazolar. Taqinchoqlar, poyabzal, paypoq, sumkalar -- hammasi sinchiklab tanlanadi. Bu mayda-chuydalarning bari uyg'un, bir-biriga mos tushgan, bir g'oyaga bo'ysungan to'plam, ansambl yaratishga xizmat etishi kerak. Folklor uslubi yoki etno-uslub — zamonaviy kiyimda milliy yoki an'anaviy libos elementlarining ishlatilishi. Boshqacha qilib aytganda, milliy libos asosida zamonaviy kiyimni uslublashtirish. Bunda libos ansambli butunlay yoki uning bir qismi uslublashtirilishi mumkin. Ba'zan esa modellarga an'anaviy libosning rosmana haqiqiy elementlari kiritilishi mumkin. Sport uslubi — bu uslub professional va havaskor sportchilarning gigiyenik va qulaylik jihatidan mukammal va chiroyli kiyimining modaga ta'siri va ommalashuvi oqibatida tug'ilgan. Sodda konstruksiyalar, nisbatan arzon materiallar (sintetik materiallar va sun'iy charm bundan mustasno emas) qulaylik, universallik, yorqin ranglar, turli yozuvlarning bezak sifatida qo'llanishi sport uslubining tashkil etuvchilaridir. Bu yerda sport kiyimi va sport uslubidagi kiyimni farqlash darkor. Agar sport kiyimi professional va havaskor sportchilarning ma'lum sport turi bilan shug'ullanishlari uchun mo'ljallangan maxsus kiyim bo'lsa, sport uslubidagi kiyimlar esa mo'ljallanganligi va badiiy yechimiga qarab yo kundalik kiyim, yo uy ichi kiyimi, yoki dam olish kiyimi va hatto bashang kiyim ham bo'lishi mumkin. Disko — yoshlar libosidagi kichik bir uslubiy oqimcha. Disko uslubidagi ko'ylak va kostumlarning ishlatilish maqsadi juda tor, ya'ni faqat diskotekaga borish va raqs tushish. Aksariyat bu liboslar yarqiroq, «baqiroq» va olachalpoq bo'ladi. Trikotajdan ham foydalaniladi. Ularning shakli, bichimi shu davrdagi modaning talabiga mos o'zgaruvchan. Disko-ko'ylak (yoki diskotek-ko'ylak) bu raqs va o'yinning tantanavor libosidir. Uniseks (frans.) yoki oneseks (nem.) — bu so'zlarning tarjimasi bir jinsli yoki jinsdan tashqari ma'nosini bildiradi. Oddiy qilib aytilsa, bu shunday uslubdagi kiyimki, uni erkaklar ham, ayollar ham kiyaveradi. Jinsi kiyimlari buning uchun yorqin misoldir. Ham erkak, ham ayolning libosiga kiruvchi bunday kiyimlar keyingi paytda ancha ommalashgan: sviter, pulover, kurtka va hokazolar. Retro uslub — zamonaviy modaning o'tgan zamonlar modasidan amalga oshiradigan mayda-chuyda «o'g'irliklari» shunday deb ataladi. Masalan, XX asrning 80-yillarida moda 20-50-yillardagi liboslarning ayrim g'oyalarini o'zlashtirishni odat qilgan. Albatta, bunda detallarning ko'rinishi ancha-muncha o'zgartiriladi, zamonaviylashtiriladi. Har holda, bu ishni uslub emas, uslublashtirish, desa ham bo'ladi. Pijama uslubi. Qachonlardir kamzul va shimdan iborat bo'lgan kiyim, ya'ni pijama asosan erkaklarning kechasi kiyib yotishi uchun ishlatilar edi. Keyin u ayollar libosiga ham qo'shildi. Ammo pijama o'ziga xos uslubdagi ust kiyimi yaratilishiga turtki bo'ldi. Aslida, ular ayollar libosidagi eng odatiy shim, bluzka (kofta), jaket va hokazolar bo'lib, faqat hajmi ancha keng, qomat qiyofasi berilmagan (qomatlashtirilmagan) va ehtimol, xuddi shu tufayli juda qulay kiyimga aylangan. Keng, qo'yma cho'ntaklari bo'lib, yirik, yaqasqi katta tugmalari serob kiyimdir. Matroscha (dengizcha) uslubdagi kiyim (goll. «matros» — kemadagi eng quyi lavozimdagi ishchi yoki askar) — kiyimlar ichida mutlaqo o'ziga xos go'zallikka ega kiyimlardan biri. Vaqti-vaqti bilan yo'qolib, ikkinchi o'ringa o'tib qolsada, yangi zamon talabining shakl va proporsiyalarini o'zlashtirib, yana modaga kirib kelaveradi. Asosiy xususiyatlari, taxlamali yoki qisman taxlamali yubka, matroscha keng yoqali bluzka (kofta) yoki yo'1-yo'l mayka bilan kiyiluvchi jaket. Tasmalar va dengizcha nishonlar bezak sifatida ishlatiladi. Oq, ko'k ranglar albatta bo'lishi lozim. Safari (arabcha so'zdan kelib chiqqan, «safar» ma'nosida) -Yevropada bu Afrikaning ichkarisiga yurish, savannaga yoki junglilarga ovga borish mazmunida ishlatiladi. Ov ishtirokchilari safar uchun qulay, mo'ljallangan ishlariga moslashtirilgan kiyimlar kiyganlar. Fazilatlaridan eng muhimi esa, bichig'idagi hamma narsa qulaylikka, yurganda va harakat qilganda badanning hech bir a'zosiga to'sqinlik keltirmaslikka bo'ysunganligidir. Safar chog'ida kerak bo'ladigan qopqali va qopqasiz cho'ntag-u cho'ntakchalar, ilgaklar; kiyimni istagan paytda sharoitga moslab shaklini o'zgartirish mumkinligi (boshqacha qilib aytganda, transformatsiyalanishi); o'q soladigan joylari bor keng kamarlar; dubulg'ani eslatuvchi, chivinga qarshi chachvonli bosh kiyim; zaharli ilonlar bilan uchrashuv ehti-molini nazarda tutgan qo'nji baland botinka yoki etik. Nihoyat, libosning o'zi qalin va pishiq paxta matodan tikilib, unga sintetika aralashtirilmaydi. Jungli va savannada ko'zga tashlanmaydigan moshrang (xaki) yoki qum rangida bo'ladi. Uni bir paytning o'zida ishbop, sayrbop yoki sportbop deyish ham mumkin. Op-art (ingl. «optikal art» - optik san'at) — ranglar kontrasti, kesishuvchi egri chiziqlar yordamida hosil bo'luvchi illuziyalar ishtirokida rangtasvir, grafika asarlari yoki liboslar yaratish yo'nalishi. Kiyimda bunday illuziyalar juda ko'p ishlatiladi. Pop-art (ingl. «popular art» — populyar, ommaviy san'at ) — XX asrning 50-yillari ikkinchi yarmida AQSH va Buyuk Britaniyada paydo bo'lgan badiiy oqim; kompozitsiyalar real buyumlar, fotorasm, reproduksiya hamda illustratsiyalarni o'z ichiga olishi mumkin. Avangard (frans. «oldinda yuruvchi» ma'nosida) — yangicha ko'ri-nishdagi, oldingilarini inkor etuvchi, ommabop buyumlarga qarama-qarshisini tanlovchi oqim. Belyo uslubi — retro uslubining ko'rinishlaridan biri. Och rangdagi shoyi va paxta matosidan kishilik uchun tikilgan ko'ylak, bluzka va sarafanlar. Ular tagdo'zi, guldo'zi kashta yoki oddiy to'rdo'z, ko'z-ko'z gul, ingichka gul chok bilan hashamlanadi. Ayollar ich ko'ylagini shunday bezaganlari uchun uslubning nomi ham shundan tarqagan. Grafflti — 60-yillardagi pop-artning o'ziga xos davomi. Yozgi maykalar, jinsi kostumlari kashta, «shahar folklori» mavzularidagi bosma rasmlar, bolalar chizgan rasmga o'xshatmalar, turli matnlar va yozuvlar bilan bezaladi. Jinsi modasi va jinsi uslubidagi kiyim. Kurtkalar (astarli, astarsiz, paxtali, mo'ynali), shim, ko'ylak, yubka, bosh kiyim, sumka va hatto poyabzal va paltolarning ham jinsi matosidan tikilishi. Sport kiyimiga o'xshashlik; cho'ntak, «molniya» qulf-tasma, bezama chok, metall tugma, pistonlarning borligi; tejamkor bichim — bularning